Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov jahon chempionatidagi ishtirokiga yakun yasar ekan, musobaqa jamoaga katta tajriba berganini ta’kidladi.

«Avvalo, biz bunday turnirlarga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerakligini va hamma narsa qanday darajada sodir bo‘lishini tushundik. Kelajak uchun bu juda yaxshi tajriba. Hayot davom etmoqda. Endi bizning asosiy maqsadimiz – 2027 yilgi Osiyo Kubogi», – dedi Shomurodov.

Hujumchi, shuningdek, O‘zbekiston birinchi bo‘limda hisobda oldinda bo‘lgan Kongo DRga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.

«G‘alaba qozonayotganingizda, xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham, psixologik jihatdan hisobni saqlab qolish istagi paydo bo‘ladi. Raqib esa bunday vaziyatda g‘alabaga muhtoj bo‘lib, oldinga ko‘proq intiladi. Bularning barchasi katta rol o‘ynaydi», – dedi u.

Shomurodov alohida Portugaliya bilan o‘yinga to‘xtalib, raqib turnirdagi eng kuchli o‘yinlaridan birini o‘tkazganini aytdi.

«Portugaliya dastlabki 10–15 daqiqada juda kuchli boshladi. Menimcha, O‘zbekistonga qarshi o‘yin ular uchun jahon chempionatidagi eng kuchli o‘yinlardan biri bo‘ldi. Bunga birinchi turda Kongo bilan durang o‘ynaganliklari ham ta’sir qildi. Bizga qarshi ular boshqa motivatsiya bilan chiqishdi. Bunday darajadagi futbolchilar to‘liq kuch bilan o‘ynaganda, albatta, bizga juda og‘ir bo‘ldi», – deya qo‘shimcha qildi Shomurodov.

Source: www.uznews.uz