Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Bosh vazir Abdulla Aripov 1-iyul kuni Toshkent mahalliy aeroportida O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtirokidan so'ng futbolchilarni kutib olish marosimida nutq so'zladi.

U jamoaning ilk bor jahon chempionatida ishtirok etishini "oddiy musobaqa emas" deb baholadi va bu yillar davomida qilingan mehnat, sabr va ishonchning natijasi ekanini ta'kidladi.

Aripov prezident Shavkat Mirziyoyevning sport sohasiga alohida e'tibori natijasida futbolda korrupsiyadan xalos bo'linganini alohida qayd etdi.

Bosh vazir terma jamoaning FIFA reytingida yuqori o'rinlardagi Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DRga qarshi munosib o'yin ko'rsatganini, har bir hujum va himoya lahzasi xalqimizga hayajon va faxr bag'ishlaganini aytdi.

Shuningdek, u futbolchilarni ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarga e'tibor bermaslikka chaqirib, "divan ekspertlari"ni kechirishni so'radi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi JCHda Kolumbiyaga 1:3, Portugaliyaga 0:5 va Kongo DRga 1:3 hisobida mag'lub bo'lib, guruh bosqichini tark etdi. Abbosbek Fayzullayev terma jamoaning jahon chempionatlaridagi ilk golini kiritdi.

Source: www.gazeta.uz