Murodbek Sherliyev Atabekovich IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.
Tayinlovga qadar Murodbek Sherliyev IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Xizmatning avvalgi rahbari Sherzod Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Source: www.gazeta.uz