O‘zbekistonda ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun qabul qilindi. Hujjat, shuningdek, “bolaning eng yaxshi manfaatlari” tushunchasini mustahkamlab, ijtimoiy himoya muassasalarining vakolatlarini kengaytiradi.
Asosiy yangiliklardan biri – “bolaning eng yaxshi manfaatlari” tushunchasining qonunchilikda mustahkamlanishi va ularni ta’minlash kafolatlari. Bu shartlar bolaning farovonligi, xavfsizligi, sog‘lig‘i va to‘liq rivojlanishiga ustuvorlik beradi. Gap oilada o‘sish, ta’lim olish, shuningdek, sha’ni, qadr-qimmati va shaxsiy daxlsizligini himoya qilish huquqi haqida ketmoqda. Qarorlar qabul qilishda endi bolaning fikri va uning individual xususiyatlari majburiy ravishda hisobga olinadi.
Bundan tashqari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlar, jumladan, ayollarni reabilitatsiya va moslashtirish markazlari, jabrlanganlar manfaatlarini ko‘zlab sudlarga davlat bojisiz murojaat qilish va sud majlislarida ularni vakillik qilish huquqiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, jabrlangan ayolni ixtisoslashtirilgan markazga joylashtirish unga bir oygacha bo‘lgan muddatga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi berish uchun asos bo‘lishi belgilandi.
Avvalroq II Osiyo ayollar forumida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilingan bo‘lib, u ayollarning Osiyo mamlakatlari siyosati, iqtisodiyoti, fani, ta’limi va ijtimoiy hayotidagi rolini kengaytirishga qaratilgan.
Source: podrobno.uz