Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Tailandning Pxuket xalqaro aeroportida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi 26 kilogrammdan ortiq nasha mahsulotlarini olib chiqmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Hodisa 1 iyul kuni ro‘y berdi.

Bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli ikki o‘zbekistonlikning bagajida quritilgan nasha to‘pgullari, briketlar va qayta ishlangan mahsulotlar topilgan. Birinchi shaxsda 30 vakuum paketda 9,8 kg nasha va 14 briket qayta ishlangan nasha (1 kg dan ortiq) bor edi.

Ikkinchi gumondorda esa 30 paket quritilgan to‘pgul (10 kg ga yaqin), 8 paket gashish (4,1 kg) va qayta ishlangan mahsulotlar (2 kg) aniqlandi.

Ikkala shaxs bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazmasdan mahsulotlarni olib chiqishga uringanlikda ayblanmoqda. Bu Tailandning 2017 yilgi bojxona qonuni va giyohvand moddalar aylanishi to‘g‘risidagi qonunchiligini buzish hisoblanadi.

Ushlov berilgandan so‘ng gumondorlar va musodara qilingan moddalar tergov organlariga topshirildi. Tailand hukumati nasha kontrabandasi uchun 1 kg uchun 30 000 batgacha (10,7 million so‘m) jarima yoki qamoq jazosi belgilanganini eslatadi.

Avvalroq Buxoro viloyatida bir fuqarodan 600 tupdan ortiq nasha va ko‘knor butalari topilgan, umumiy og‘irligi 9 kg dan oshgan edi.

Source: podrobno.uz