Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida tijorat banki xodimlari, mahalla hokim yordamchilari va boshqa shaxslar 37 nafar fuqaroga kredit sifatida rasmiylashtirilgan 1,4 milliard so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Beruniy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tijorat bankining bank xizmatlari markazi mas’ul xodimlari, 7 ta mahalladagi hokim yordamchilari va boshqa shaxslar jinoiy guruh tarkibida harakat qilgani aniqlangan.

Ular 37 nafar fuqaroga ajratilgan imtiyozli mablag‘larni jami 1,4 milliard so‘m miqdorida o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Source: kun.uz