Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, Slovakiyada kara (pogruzchik) haydovchisi sifatida ishlashni xohlovchi O‘zbekiston fuqarolari uchun tanlov e’lon qilindi. Nomzodlarga oyiga 1000 yevro maosh taklif etilmoqda.

Slovakiyadagi ish beruvchi tomonidan jami 70 ta bo‘sh ish o‘rni ajratilgan. Ish haftasi besh kundan iborat bo‘lib, har kuni 8 soatlik mehnat rejimi belgilangan. Ish beruvchi turar joy xarajatlari va tibbiy sug‘urtani o‘z zimmasiga oladi.

Tanlovda 20–45 yoshli, “B” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega, kara boshqarish bo‘yicha kamida 6 oylik ish tajribasi mavjud va rus tilini muloqot darajasida biladigan erkaklar ishtirok etishi mumkin.

Ishchi vizasi va aviachipta xarajatlari nomzod hisobidan qoplanadi. Biroq, nomzod ishga joylashgan taqdirda, ushbu xarajatlar Migratsiya agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish ushbu havola orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar soni 300 nafarga yetgach, arizalar qabuli to‘xtatiladi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni Migratsiya agentligining 71 202-33-55 (ichki raqamlar: 556, 911) telefonlari orqali olish mumkin.

Source: www.gazeta.uz