Yakkasaroy tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudida 31 yoshli D.N. ismli shaxsga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda UzNews.uz muxbiri sud qaroriga asoslanib xabar berdi.
Ish materiallariga ko‘ra, voqea soat 11:00 atrofida turar-joy binosi yonidagi yer osti o‘tish joyida sodir bo‘lgan. Erkak kishi notanish qizga yo‘lini to‘sib, shimini yechib, uni ta’qib qila boshlagan.
Sudda D.N. aybini tan oldi va bunday xatti-harakatni takrorlamasligini aytdi.
Sud qarori bilan u O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1-moddasi 1-qismi (Jinsiy zo‘ravonlik) bo‘yicha aybdor deb topildi va 5 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.
Source: uznews.uz