️ Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sanoatining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi. Energetika vazirligi taqdimotdan so‘ng mamlakatda neft mahsulotlari zaxiralari yaqin 2-3 oyga yetarli ekanligini ma’lum qildi.
️ Rasmiy xabarga ko‘ra, dekabr-yanvar oylariga qadar 120 ming tonna avtomobil benzini zaxirasini yaratish rejalashtirilgan. Isitish mavsumi davomida issiqlik elektr stansiyalariga 4 million 161 ming tonna ko‘mir yetkazib berilishi kutilmoqda.
️ Energetika vaziri birinchi o‘rinbosari Umid Mamadaminovning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi geosiyosiy vaziyatda nafaqat neft mahsulotlari zaxiralarini yaratish, balki o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish ham muhim. Hozirda O‘zbekistonda neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,2 million tonnadan oshadi, yana 600-700 ming tonna xususiy tadbirkorlar tomonidan import qilinadi.
️ “Ishonch bilan ayta olamanki, yaqin ikki-uch oyga zaxiralarimiz yetarli”, – dedi Mamadaminov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida. U kuz-qish mavsumiga yoqilg‘i yetkazib berish, logistika, elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha alohida reja tayyorlanganini qo‘shimcha qildi. Bu masalalar har hafta Energetika vazirligida muhokama qilinadi.
️ Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sanoatining qishga tayyorgarligi bo‘yicha hisobotni tinglagan edi. O‘shanda gaz tarmoqlarini ta’mirlash, yoqilg‘i zaxiralarini shakllantirish va avariya-tiklash guruhlarining tayyorgarligi haqida so‘z yuritilgan edi.
Source: podrobno.uz