Mobiuz mobil operatori Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida tarmoq infratuzilmasini faol rivojlantirishda davom etmoqda.
Farg‘ona vodiysida O‘zbekiston aholisining qariyb uchdan bir qismi istiqomat qiladi, bu esa uyali aloqa tarmoqlarining o‘tkazish qobiliyatiga yuqori talablar qo‘yadi. Millionlab abonentlar istalgan vaqtda videokontent ko‘rish, pul o‘tkazmalarini amalga oshirish va boshqa smartfon operatsiyalarini bajarish imkoniyatiga ega bo‘lishi muhim.
So‘nggi bir yarim yil ichida Mobiuz 5G tarmoqlarini faol joriy qilmoqda. Hozirda Farg‘ona vodiysi shahar va tumanlarida 300 dan ortiq 5G bazaviy stansiyalari ishlamoqda. 2026-yil yanvar-iyun oylarida 5G birinchi marta Andijon viloyatining Shahrixon tumani, Namangan viloyatining Chust tumanida ishga tushdi va Farg‘ona shahrida qamrov kengaytirildi.
Texnologiyaga bo‘lgan real talabni internet-trafik ko‘rsatmoqda. Bir yarim yil ichida Farg‘ona vodiysidagi 5G tarmoqlarida iste’mol qilinadigan ma’lumotlar hajmi 600 barobarga oshdi va o‘sishda davom etmoqda.
Shu bilan birga, barcha tarmoqlarda mobil internet iste’moli darajasi oshmoqda. 2026-yil iyun oyida 2025-yil dekabriga nisbatan Mobiuz abonentlari Andijon viloyatida 14 foizga, Namanganda 5 foizga va Farg‘onada 4 foizga ko‘proq mobil internetdan foydalanmoqda.
Ushbu ko‘rsatkichlar bevosita Mobiuz infratuzilmasi rivojlanishi bilan bog‘liq. 2026-yil boshidan buyon Farg‘ona vodiysida 130 dan ortiq yangi 4G LTE bazaviy stansiyalari ishga tushirildi. Yangi ob’ektlar Andijon viloyatining Asaka va Marxamat tumanlari, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari, Namangan viloyatining Chust, To‘raqo‘rg‘on tumanlari, Namangan shahri va boshqa joylarda paydo bo‘ldi.
Shuningdek, uch viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘nlab bazaviy stansiyalar modernizatsiya qilindi. Kompaniya magistral infratuzilmada ham ish olib bordi.
Olib borilayotgan ishlar abonentlarning kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda: video va ilovalar tezroq yuklanmoqda, videoqo‘ng‘iroqlar va to‘lovlar barqarorroq o‘tmoqda, bir qator tumanlarda esa birinchi marta 5G tarmog‘i paydo bo‘ldi. Mobil internet sifatini yaxshilashni nafaqat xizmatlardan foydalanishda his qilish, balki Speedtest.net, fast.com va boshqa ixtisoslashtirilgan xizmatlar yordamida tekshirish mumkin.
Mobiuz respublikaning barcha hududlarida infratuzilmani rivojlantirishga sarmoya kiritishda davom etmoqda. Keyingi materialda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritiladi.
Kompaniya haqida ko‘proq yangiliklarni pr.mobi.uz saytida o‘qing.
Ushbu ma’lumot reklama huquqlari asosida berilgan.
Source: podrobno.uz