O‘zbekistonda 2026-yilning ikkinchi choragida 237 ta dorixonada (33 ulgurji va 204 chakana) dori vositalariga belgilangan savdo ustamalaridan oshib ketish holatlari qayd etildi. Jami 148 810 ta holat aniqlangan bo‘lib, noqonuniy olingan daromad 1,9 milliard so‘mni tashkil etdi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ma’lumotlar “Fair Tech” yagona axborot tizimi orqali soliq organlaridan avtomatik ravishda olingan. Tizim narxlarni monitoring qilish imkonini beradi.
Barcha aniqlangan faktlar bo‘yicha xaridorlar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan. Shuningdek, noma’lum doiradagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish choralari ko‘rilgan.
Qo‘mita ushbu yo‘nalishdagi tekshiruvlar davom etishini ma’lum qildi. Qonunni buzgan dorixonalarga nisbatan choralar ko‘riladi va buzuvchilar ro‘yxati ochiq e’lon qilinadi.
Source: kun.uz