Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Muzaffar Murotovich Kamilov davlat rahbarining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Muzaffar Kamilov mart oyidan buyon Prezident administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. U avval prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lgan.
Kamilov faoliyati davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari va boshqa yuqori lavozimlarda ishlagan. Uning yangi tayinlovi diniy-ma’rifiy sohadagi tajribasini e’tirof etish sifatida baholanmoqda.
Source: www.gazeta.uz