Toshkentning Yunusobod tumanida ofisdan 880 million so‘m o‘g‘irlaganlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi. O‘g‘irlangan pullar uning uyi yonidagi yuk mashinasida topildi.
Yo‘qotilgan pullar haqida “Markaz-5” mahallasidagi ofisdan xabar berilgan. Murojaatdan so‘ng jinoyat qidiruv xodimlari gumonlanuvchini aniqlab, uni ushladilar.
Gumonlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlikdan so‘ng u naqd pullarni uyi yonida turgan Foton yuk mashinasiga yashirgan. Erkak qilgan ishidan pushaymon ekanligini bildirdi.
Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi qamoqqa olindi.
Avvalroq Navoiy viloyatida kibero‘g‘rilikda gumonlanayotgan uch shaxs ushlangan edi. IIV ma’lumotlariga ko‘ra, ular zararli ilovalar orqali bank kartalaridan pul o‘g‘irlagan va umumiy zarar 336 million so‘mni tashkil qilgan.
Source: podrobno.uz