Toshkent metropoliteniga yana uchta zamonaviy to‘rt vagonli elektropoyezd yetkazib berildi.
Poyezdlar yozgi jazirama vaqtda konditsioner, qishki mavsumda esa isitish tizimlari bilan jihozlangan.
Yangi poyezdlarning ishga tushirilishi harakat intervallarini qisqartirish, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va eski avlod tarkibini bosqichma-bosqich almashtirish imkonini beradi.
Shuningdek, yangi tarkiblar sonining ko‘payishi metroning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, harakat jadvaliga barqaror rioya qilish va o‘sib borayotgan yo‘lovchi oqimiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga yordam beradi.
Joriy yil oxirigacha Toshkent metropoliteniga yana 11 ta zamonaviy elektropoyezd yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Ularni bosqichma-bosqich ishga tushirish metro infratuzilmasini yanada rivojlantirish va transport xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Source: kun.uz