Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Milliy ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi xabar berishicha, bug‘doy o‘rimidan so‘ng dalalarda o‘simlik qoldiqlarini yoqish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar kosmik monitoring yordamida aniqlanmoqda.

“O‘zbekkosmos” agentligining kosmik suratlari tahlili natijasida 744 ta bug‘doy maydonida yong‘in holatlari qayd etilgan. Ushbu ma’lumotlar asosida ekologik politsiya tomonidan 172 nafar qonunbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Qonunbuzarlarga jami 212,5 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima solingan. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar 652,3 million so‘m etib baholangan.

Bundan tashqari, dalalar va aholi punktlarida somon, quruq barg, shox-shabba va qurilish chiqindilarini yoqishning oldini olish bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 9 821 ta qonunbuzarlik aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Source: kun.uz