Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, jazirama issiq sharoitida poytaxtda ko‘chalar va yashil hududlarni sug‘orish ishlari kuchaytirildi.
Markaziy va asosiy shahar ko‘chalarini sug‘orish belgilangan jadval asosida maxsus texnika yordamida amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, maysazorlar, daraxtlar va boshqa yashil hududlarni sug‘orish kuchaytirildi.
Ishlar Toshkent shahar hokimligi, Shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi, Maxsus sug‘orish uskunalarini ta’mirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi hamda Ko‘chalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish boshqarmasi tomonidan birgalikda olib borilmoqda.
Shuningdek, yaqin kunlarda poytaxtdagi shahar favvoralarining uzluksiz ishlashi ta’minlanadi. Hokimlikda bu choralar jazirama issiq davrida aholi va mehmonlar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Source: uznews.uz