Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

2026-yil 4-fevraldan 10-iyulgacha Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun 399 269 ta ma’muriy ogohlantirish berildi. Bugungi kunga kelib, 671 nafar haydovchi 12 dan ortiq jarima ballini to‘plagan.

YHXX matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida eng ko‘p uchraydigan qoidabuzarliklar: xavfsizlik kamarini taqmasdan boshqarish, haydash paytida mobil telefondan foydalanish, harakat davomida video tomosha qilish, belgilangan tezlikni oshirish, to‘xtash va qo‘yish qoidalarini buzish, shuningdek, yo‘l harakati qoidalari talablariga rioya qilmaslik bo‘lgan.

Eng keng tarqalgan qoidabuzarliklar qatoriga piyodalarning yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tishi ham kiritilgan.

YHXX bugungi kunda 671 nafar haydovchi 12 dan ortiq jarima ballini to‘plaganini ma’lum qildi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bunday hollarda ularga nisbatan belgilangan tartibda javobgarlik choralari qo‘llaniladi.

YHXX haydovchilar va piyodalarni yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiradi va bu yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda barcha harakat ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.

Source: kun.uz