Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonga 2026 yilning yanvar-iyun oylarida 6,5 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 million kishiga yoki 24,9 foizga ko‘pdir.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p sayyoh qo‘shni davlatlardan kelgan. Birinchi o‘rinda Qirg‘iziston – yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 1,8 milliondan ortiq fuqaro tashrif buyurgan.

Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston – 1,5 milliondan ortiq sayyoh, uchinchi o‘rinda Tojikiston – 1,47 million kishi.

O‘zbekiston bilan umumiy chegaraga ega bo‘lmagan davlatlar orasida eng katta sayyoh oqimi Rossiyadan – 585,5 ming kishi. Keyingi o‘rinlarda Afg‘oniston (239 ming), Xitoy (223,5 ming), Turkmaniston (164,2 ming) va Turkiya (95,5 ming) turadi.

O‘nlikka yana Hindiston (26,4 ming) va Germaniya (22,3 ming) kirdi. Avvalroq O‘zbekiston xorijiy sayyohning o‘rtacha xarajatlarini qariyb uch baravar oshirish niyatida ekani xabar qilingan edi.

Source: podrobno.uz