Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent viloyatidagi beshta tumanning maktabgacha ta'lim muassasalarida 2025-yil sentyabrida sodir bo'lgan ommaviy zaharlanish bo'yicha jinoyat ishi ko'rib chiqildi. Bukin tuman sudi 11 nafar ayblanuvchiga nisbatan hukm chiqardi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning sentyabrida Pskent, Buka, Bekobod, Quyichirchiq va Oqqo'rg'on tumanlaridagi bog'chalarda bolalar ommaviy ravishda zaharlangan edi. Keyinchalik 1922 nafar bola tibbiy ko'rikdan o'tkazildi, ularning yuzlablari o'tkir gastroenterit belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Sud barcha ayblanuvchilarni Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi (sanitariya qonunchiligini yoki epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bo'yicha aybdor deb topdi.

Eng og'ir jazo Shark Milk Product kompaniyasining uch nafar xodimiga — direktor, bosh texnolog va texnologga 3 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish tariqasida tayinlandi.

Shu kompaniyaning yana uch nafar vakili — ta'sischisi va savdo bo'limi menejeri, direktor o'rinbosari, shuningdek texnolog yordamchisi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Governess Business, Innavation Outsourcing Servise, Nishon Invest, Kinder Garden Group kompaniyalari direktorlari va Shark Milk Product laboranti 3 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, barcha mahkumlarga ma'lum faoliyat bilan shug'ullanish huquqidan mahrum qilish qo'shimcha jazosi tayinlandi.

Source: podrobno.uz