Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda “Barselona” futbol klubining rasmiy xalqaro akademiyasi — Barça Academy’ni ochish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda sport vaziri Adham Ikramov va Ispaniya klubi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, “Barselona” ijroiya qo‘mitasi a’zosi Sesar Martines va Barça Innovation Hub rahbari Albert Mundet ham ishtirok etdi.

Asosiy mavzu — bolalar va o‘smirlarni dunyodagi eng mashhur futbol maktablaridan biri bo‘lgan La Masia metodikasi bo‘yicha o‘qitishga mo‘ljallangan akademiyani ochish edi.

Tomonlar futbolchilarni tayyorlash tizimi, murabbiylar malakasini oshirish va zamonaviy futbol falsafasini joriy etish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, iqtidorli yosh futbolchilarni izlash va rivojlantirishga e’tibor qaratildi.

Markaziy Osiyoda bunday akademiyalarning tajribasi bor: birinchi Barça Academy 2023-yilda Jalolobodda ochilgan, hozirda Bishkekda ikkinchisini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani O‘zbekistonda amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishga kelishib oldi. Shuningdek, murabbiylarni o‘qitish va futbol infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangandagi “Navbahor” futbol maktabi Gollandiyaning mashhur “Ayaks” akademiyasi boshqaruviga uch yil muddatga berilgan edi.

Source: podrobno.uz