Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

GlobalPetrolPrices ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda AI-95 benzinining narxi Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqorilaridan biri bo‘lib qolmoqda. 2026-yil 6-iyul holatiga ko‘ra, bir litr benzin o‘rtacha 1,342 dollarni tashkil etadi.

Bu ko‘rsatkich jahon o‘rtacha narxidan (1,46 dollar) past bo‘lsa-da, Qozog‘iston (0,687 dollar), Qirg‘iziston (1,016 dollar), Rossiya (0,940 dollar), Belarus (0,942 dollar) va Ozarbayjon (0,676 dollar) kabi qo‘shni davlatlardan sezilarli darajada yuqori.

Turkmanistonda benzin narxi atigi 0,43 dollarni tashkil etib, dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Eng arzon benzin Liviya (0,02 dollar), Eron (0,03 dollar) va Venesuelada (0,04 dollar) qayd etilgan.

Eng qimmat benzin esa Gonkongda (4,06 dollar), Malavida (3,23 dollar) va Daniyada (2,60 dollar) sotilmoqda. O‘zbekiston narxlari hali jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan past bo‘lsa-da, mintaqadagi eng yuqori narxlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Source: kun.uz