Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Farg‘ona viloyatidagi barcha davlat va nodavlat bog‘chalarning 16–17-iyul kunlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Muassasalar 20-iyuldan boshlab odatiy tartibda o‘z faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Shuningdek, mazkur cheklov 15-iyuldan 17-iyulga qadar Buxorodagi barcha bog‘chalar uchun ham joriy etildi.

“Mazkur vaqtinchalik cheklov faqatgina farzandlarimizning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik chora hisoblanadi”, — deyiladi Buxoro viloyati hokimligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 13-iyuldan boshlab issiq ob-havo tufayli Nukus shahri va Qoraqalpog‘istonning sakkizta tumanidagi davlat va xususiy bog‘chalar vaqtincha yopilgandi.

Shundan so‘ng Navoiy va Xorazm viloyatlarida ham bog‘chalar faoliyatiga issiq ob-havo sabab cheklov kiritilgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zgidromet 13-iyuldan 17-iyulgacha O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimi kirib kelishi haqida ogohlantirgandi. Kunduzi havo harorati +41…+43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida esa +44…+46 darajagacha isishi kutilmoqda.

Source: www.gazeta.uz