Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentning Yunusobod tumanidagi Yangishahar ko‘chasida turistik zona yaratish loyihasi boshlangan. Hududda qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ko‘chada kechayu-kunduz ishlaydigan savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish korxonalari ochilishi rejalashtirilgan. Piyodalar va sayyohlar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratiladi.

Loyiha tumanni jozibadorligini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan. Ishlar tugagach, Yangishahar poytaxtning eng gavjum jamoat joylaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Loyihaning amalga oshirish muddatlari va qiymati hozircha aniq emas. Avvalroq O‘zbekistonda shaharsozlik qoidalari yangilanishi va urbanistika parki ochilishi xabar qilingan edi.

Source: podrobno.uz