Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 16-iyul kuni soat 18:30 atrofida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) inspektorlari ishtirokida og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

YHXX matbuot kotibi Zoir Yo‘ldoshevning ma’lumotiga ko‘ra, patrul mototsikllarida harakatlanayotgan uch nafar inspektor Dormon yo‘li ko‘chasidagi chorrahada Gazalkent ko‘chasidan chiqayotgan Onix rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Natijada, patrul mototsiklini boshqargan bir nafar YHXX inspektori olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Boshqa jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, ularning soni aniqlashtirilmoqda.

YHXX, shuningdek, hodisa kortejni kuzatib borish vaqtida sodir bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi.

Hozirda ushbu fakt bo‘yicha tergov olib borilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi.

Source: uznews.uz