Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning ikkinchi choragida turar-joy ko‘chmas mulki narxlari oldingi chorakka nisbatan 1,3% ga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa 4% ga oshgan.

Yil davomida kvartiralar 5,5% ga qimmatlashgan, shu jumladan birlamchi bozorda 7,1% ga, ikkilamchi bozorda 4,2% ga. Xususiy turar-joy uylari narxi esa 2025 yil II choragiga nisbatan 2% ga oshgan.

Toshkent shahrida kvartiralar narxi yil davomida 3,9% ga oshgan bo‘lsa, mamlakatning boshqa hududlarida bu ko‘rsatkich 7% ni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, 2026 yil II choragidan boshlab uy-joy narxlari indekslari yangilangan tizim bo‘yicha, gedonik regressiya usuli yordamida hisoblanmoqda. Bu usul uy-joy maydoni, joylashuvi, qavati va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda narx dinamikasini aniqroq baholash imkonini beradi.

Source: uznews.uz