Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada migrantlar uchun maxsus mobil telefon sotib olish majburiyati haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Vazirlik matbuot kotibi Omonulla Fayziyevning ta’kidlashicha, tegishli qonun loyihasi hali muhokama bosqichida va qabul qilinmagan. Xabarlardagi barcha chet el fuqarolari uchun majburiy telefon sotib olish haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Fayziyevning so‘zlariga ko‘ra, loyihada nazarda tutilgan normalar faqat mobil qurilmasi bo‘lmagan yoki qurilmasi “Amina” ilovasini o‘rnatish va ishlatishni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlamaydigan migrantlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubov uzoq muddatga Rossiyaga kelgan migrantlar ro‘yxatga olish vaqtida o‘zlarining elektron profilini joylashtirish uchun telefon sotib olishlari shartligini, bu esa ularning joylashuvini kuzatish imkonini berishini ma’lum qilgan edi.

Source: kun.uz