Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida o‘tkazilgan tekshiruvlar chog‘ida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishning ikki holati aniqlangan. Bu haqda O‘zenergoinspksiya matbuot xizmati xabar berdi.

Birinchi holatda korxonaga tegishli suv nasoslari elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 315,5 million so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy iste’mol qilingan.

Ikkinchi, yanada yirik holat fermer xo‘jaligida aniqlangan. Bu yerda nasoslar ruxsatsiz ishlagan va yetkazilgan zarar 3,03 milliard so‘mdan oshgan.

Aniqlangan faktlar bo‘yicha nazorat tekshiruvlari o‘tkazilmoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida ham elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishning yirik holatlari fosh etilgan edi.

Source: podrobno.uz