Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Bugun, 19-iyul kuni 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonni ushbu nufuzli intellektual musobaqada himoya qilgan barcha maktab o‘quvchilari ajoyib natija ko‘rsatib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 4 ta medal – 1 ta oltin va 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Olimpiadaning eng yuqori mukofoti va oltin medalni Rayxona Tuymurodova qo‘lga kiritdi. Kumush medal sohiblari esa Jasur Mustafoyev, Azizmuhammad Xafizov va Mirjalol Xomidjonov bo‘ldi.

O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi qaroriga ko‘ra, nufuzli xalqaro olimpiadalarda medal qo‘lga kiritgan ishtirokchilar uchun katta miqdordagi pul mukofotlari belgilangan. Oltin medal uchun o‘quvchi 1 milliard 30 million so‘m, uni tayyorlagan o‘qituvchi esa 185 million 400 ming so‘m oladi. Kumush medal uchun o‘quvchiga 618 million so‘m, o‘qituvchiga 103 million so‘m to‘lanadi.

Bronza medali uchun o‘quvchilarga 412 million so‘m, o‘qituvchilarga esa 61 million 800 ming so‘m to‘lanadi. Bundan tashqari, ushbu olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilarning malaka toifasi 1 pog‘onaga oshiriladi.

Source: podrobno.uz