Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Migratsiya agentligi Chexiya davlat va xususiy klinikalarida o‘zbekistonliklarni yuqori lavozimlarga ishga joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

Ushbu hamkorlik Chexiya bosh vaziri Andrey Babishning O‘zbekistonga tashrifi doirasida boshlangan muzokaralarning amaliy bosqichi hisoblanadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev, O‘zbekistonning Chexiyadagi elchixonasi vakillari va Chexiya Sog‘liqni saqlash vaziri Adam Voytex o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Kelishuvga ko‘ra, sentabr oyidan boshlab nomzodlarni chex tili va kasbga tayyorlash, dual ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda diplom va malakalarni tan olish jarayonlarini yengillashtirish masalalari hal qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oxirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Chexiya bosh vaziri Andrey Babish Toshkentda o‘tgan muzokaralarda tartibli mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik istiqbollarini ham muhokama qilgandi.

Source: www.gazeta.uz