“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, taniqli o‘zbek aktyori Erkin Komilov 1946-yil 20 iyulda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. U 1966-yilda Hamza teatrida faoliyatini boshlagan va 1968-yili Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tamomlagan.
Aktyor “Oltin devor”, “Beruniy”, “Uylanish”, “Har to‘kisda bir ayb”, shuningdek, “Qatag‘on”, “Ufq” va “Qirol Lir” kabi bir qancha spektakllarda qatnashgan. Uning sahna asarlari orasida milliy va jahon klassikasi namunalari bor.
Erkin Komilov kino sohasida ham faol ijod qilgan. 1978-yili “To‘ylar muborak”da epizodik rol ijro qilgan bo‘lsa, 1992-yilda “Yuzsiz”, 1994-yilda “Tilla bola”, 1997-yili “O‘tkan kunlar”, 1982-yili esa “Suyunchi” hamda “Girdob” filmlarida suratga tushgan.
Bundan tashqari, u “Diyonat”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Sevgi”, “Buyuk Amir Temur”, “Ulfatlar” hamda “Shaytanat” singari ko‘plab kino-seriallarda, jumladan, “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi” ko‘rsatuvida ham ishtirok etgan.
Sana munosabati bilan Gazeta “Mehnat shuhrati”, “Fidokarona xizmatlari uchun” ordenlari sohibining filmlari asosida test tayyorladi.
Source: www.gazeta.uz