Toshkent shahrining Yunusobod tumanidan oqib o‘tuvchi Yuqori Bo‘zsuv kanalida 21-iyul kuni soat 14:07 da fojiali hodisa yuz berdi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, fuqaro cho‘milish maqsadida suvga tushgan va ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketgan.
Voqea joyiga zudlik bilan favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qutqaruv xizmatlari va g‘avvoslar jalb etildi. Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida fuqaroning jasadi soat 18:35 da cho‘kkan joyidan taxminan 100 metr uzoqlikdan topilib, tegishli xizmatlarga topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida fermer xo‘jaligi hududidagi sun’iy suv hovuzida cho‘milayotgan 14, 16 va 17 yoshli qizlar halok bo‘lgan edi. Tomchilatib sug‘orish uchun qazilgan hovuzda sodir bo‘lgan holat yuzasidan prokuratura tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Source: www.gazeta.uz