Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston, Toshkent – AH Podrobno.uz. Misrdan O‘zbekistonga xalqaro qidiruvda bo‘lgan va tovlamachilik hamda boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblanayotgan shaxs ekstraditsiya qilindi. U respublikaga jinoiy javobgarlikka tortish uchun keltirildi.

O‘zbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi xabariga ko‘ra, qidirilayotgan shaxsning joylashuvi xalqaro qidiruv jarayonida aniqlangan. Uning Misr hududida ekanligi tasdiqlanganidan so‘ng, Interpol kanallari orqali Misr huquq-tartibot organlari uni qo‘lga olgan.

Keyin O‘zbekiston tomoni ekstraditsiya so‘rab murojaat qilgan. Murojaat ko‘rib chiqilgach, Misrning vakolatli organlari qidirilayotgan shaxsni berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Barcha zarur xalqaro-huquqiy tartib-taomillar tugallangandan so‘ng, shaxs O‘zbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirilgan va ular uni vatanga olib kelgan.

Avvalroq Turkiyadan O‘zbekistonga Interpol chizig‘i bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan uch nafar fuqaro keltirilgan edi. Erkaklar Istanbulda qo‘lga olinib, O‘zbekiston huquq-tartibot organlariga topshirilgan.

Source: podrobno.uz