O‘zbekistonda 1 iyul holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 234 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Klinikalar soni bo‘yicha yetakchi davlat Turkiya bo‘lib, 36 ta korxona bilan birinchi o‘rinda turadi. Ikkinchi o‘rinda Rossiya – 34 ta korxona. Xitoy va Hindiston uchinchi o‘rinni bo‘lishib, har biri 25 tadan korxonaga ega.
Janubiy Koreya 18 ta, Qozog‘iston 16 ta, Ozarbayjon 9 ta korxona bilan keyingi o‘rinlarni egallagan. AQSh ishtirokida 8 ta, Birlashgan Arab Amirliklari ishtirokida 6 ta, Qirg‘iziston va Yaponiya ishtirokida esa 4 tadan korxona faoliyat yuritmoqda.
Qolgan 49 ta korxona boshqa davlatlar investorlari ishtirokida tashkil etilgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Gregg Semenza O‘zbekiston Tibbiyot va farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi huzuridagi Xalqaro ilmiy kengash tarkibiga taklif qilingan edi.
Source: podrobno.uz