Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkakning 9 yoshli qizini majburlab go‘ng yedirishi, tahdid va haqoratlar bilan kuzatilgan videosi keng rezonansga sabab bo‘ldi. Ushbu voqea Surxondaryo viloyatining Kumqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan.

Viloyat IIB ma’lumotlariga ko‘ra, 25-iyul kuni tumandagi bir ayol ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 33 yoshli eri qiziga nisbatan zo‘ravonlik qilganini bildirgan. Tekshiruv davomida video 2025-yil 30-dekabrda olingani aniqlangan.

Murojaatdagi faktlar tekshirilgach, Kumqo‘rg‘on tumani IIO huzuridagi tergov bo‘limi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (“Voyaga yetmagan shaxsni qiynash”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergovga Bolalar ombudsmani ham qo‘shildi. Vakil apparati xabariga ko‘ra, murojaat qizning onasidan kelib tushgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, otasi qizni bir qilmishi uchun jazolash maqsadida shunday qilgan.

Murojaatni olgach, Bolalar ombudsmani IIVga so‘rov yuborgan. Idora jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini tasdiqlagan. Tergovning borishi ombudsman nazoratida.

Source: podrobno.uz