Andijon viloyati byudjetining 2026 yilgi zaxira fondidan «Andijon polkasi» raqsini tayyorlash va Ginnes rekordlar kitobiga kiritish uchun 730 million so‘m ajratildi.
Qaror viloyat hokimligi kotibiyati rahbari E. Xolmirzayevning xizmat yozmasi va viloyat madaniyat boshqarmasining murojaati asosida qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyi oxirida Andijonda «Andijon polkasi» ommaviy tadbiri bo‘lib o‘tgan edi. Minglab fuqarolar mashhur raqsni ijro etishgan va u rasman Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.
Afsuski, ushbu tadbir 15 yoshli o‘smirning halokati bilan ham esda qoldi. U ommaviy raqsda ishtirok etishi kerak edi, biroq maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
Source: uznews.uz