Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Uchtepa tuman jinoyat ishlari bo'yicha sudida 26 yoshli Sh.X.ga nisbatan jinsiy zo'ravonlikda ayblangan ish ko'rib chiqildi. Bu haqda UzNews.uz muxbiri sud qaroriga asoslanib xabar berdi.

Ish materiallariga ko'ra, voqea sodir bo'lgan paytda Sh.X. Uchtepa tumanidagi "C.C." stomatologiya klinikasida terapevt vrach bo'lib ishlagan. Erkak davolanishga kelgan 17 yoshli bemor qizni jinsiy zo'ravonlik qilgan.

Sudda Sh.X. o'z aybini tan oldi, qilmishidan pushaymon ekanligini bildirdi va boshqa bunday takrorlanmasligini aytib, suddan jazoni yumshatishni so'radi.

Sud qarori bilan u O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 41-1-moddasi 1-qismida (Jinsiy zo'ravonlik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 3 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Source: uznews.uz