Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida huquq-tartibot xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom mamlakat” operativ-profilaktik tadbiri davomida 63 tup yovvoyi nasha o‘simligi aniqlanib, yo‘q qilindi.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, o‘simliklar 5 avgust kuni “Bunyodkor” mahallasida yashovchi 57 yoshli mahalliy fuqaroga tegishli qishloq xo‘jaligi maydonida topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, nasha o‘simliklari yovvoyi holda o‘sgan.

Huquq-tartibot xodimlari tomonidan zarur hujjatlar rasmiylashtirilgach, barcha 63 tup o‘simlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida giyohvand moddalar sotuvchi internet-do‘konda ishlashda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan edi. Unga tegishli uyda o‘tkazilgan tintuvda 10 litrdan ortiq nasha moyi, taxminan 10 gramm opiy va 35 ming AQSh dollari naqd pul topilgan.

Source: podrobno.uz