O‘zbekiston aholisi 2026-yilning birinchi yarmida sog‘liqni saqlash xizmatlariga 11,3 trillion so‘m sarfladi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,8 foizga o‘sgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy hajmda eng katta ulush boshqa sog‘liqni saqlash xizmatlariga to‘g‘ri kelgan – 53,7 foiz. Shuningdek, davolash muassasalari xizmatlari 31,8 foizni, tibbiy va stomatologik xizmatlar esa 14,5 foizni tashkil etgan.
Xizmatlar hajmi bo‘yicha yetakchi poytaxt bo‘lib, Toshkentda bu ko‘rsatkich 5,2 trillion so‘mga yetgan. Ikkinchi o‘rinda Toshkent viloyati qayd etilgan bo‘lib, u yerda xizmatlar hajmi 1,1 trillion so‘mni tashkil qilgan.
Samarqand viloyatida aholi va tashkilotlar sog‘liqni saqlash xizmatlariga 830,2 milliard so‘m, Farg‘onada – 675,4 milliard, Namanganda – 550,4 milliard, Andijonda – 507,2 milliard so‘m sarflagan.
Qolgan hududlarda ko‘rsatkich pastroq bo‘lgan: Buxoroda – 392,3 milliard, Xorazmda – 390,9 milliard, Qashqadaryoda – 360,4 milliard so‘m. Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 335,5 milliard, Surxondaryoda – 262 milliard, Jizzaxda – 251,5 milliard, Sirdaryoda – 203,2 milliard, Navoiyda esa 193,1 milliard so‘mni tashkil etgan.
Shunday qilib, Toshkentga 5,2 trillion so‘m to‘g‘ri kelgan – bu mamlakat bo‘ylab ko‘rsatilgan sog‘liqni saqlash xizmatlarining deyarli yarmini tashkil qiladi.
Source: podrobno.uz