Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Farg‘onа viloyatidagi qadimiy Kubbо manzilgohi hududida olib borilgan arxeologik qazishmalar chog‘ida miloddan avvalgi III asrdan milodiy X asrgacha bo‘lgan davrga oid devor qoldiqlari aniqlandi.

Ushbu muhim topilma Farg‘ona davlat universiteti va Xitoyning Loyan arxeologiya instituti olimlari tomonidan amalga oshirilgan qo‘shma tadqiqotlar natijasida yuzaga chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, bu qo‘shma loyiha Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi «Farg‘ona-Shansi arxeologik tadqiqotlar markazi» doirasida amalga oshirilmoqda.

Farg‘ona davlat universiteti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, topilma Buyuk ipak yo‘li tarixida Sharq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy almashinuvning noyob moddiy dalili sifatida katta ahamiyatga ega.

Source: uznews.uz