Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Farg‘ona viloyatida Davlat kadastrlari palatasi tuman filiallaridan birining rahbari pora olganlikda gumonlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.

Tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, mansabdor shaxs fuqaroning noqonuniy qurilgan savdo do‘koni bo‘yicha Kadastr agentligi tuman bo‘limi tomonidan tuzilgan dalolatnomani bekor qildirish va qonuniy chora ko‘rilmasligini ta’minlash evaziga iyul oyi boshida 600 AQSh dollari miqdorida pora olgan.

Keyinchalik u o‘z va’dasini bajarmagan va fuqaroga 500 dollarni qaytarib bergan. Bu holat DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari chog‘ida fosh etilgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Qonun oldida barcha teng ekani, mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari qat’iy nazoratda ekani ta’kidlanmoqda.

Source: www.gazeta.uz