Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Angor tumanida yo‘l harakati xavfsizligi xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, ularga tan jarohati yetkazgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

9 avgust kuni Angor tumanida 39 yoshli T.U. boshqaruvidagi Damas avtomobili DPS xodimlarini ko‘rib, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirgan. Xodimlar avtomobilni ta’qib qilib, «Ilg‘or» mahallasidagi haydovchining uyigacha borgan.

Haydovchi mashinadan tushgach, qochishga urinagan. Xodimlar uni ushlab, alkogol hidi sezilgani sababli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib ketmoqchi bo‘lganlar. Biroq haydovchining ukalari, rafiqasi va qo‘shnisi xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati IIB tomonidan DPS xodimlarining harakatlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi belgilangan.

Source: uznews.uz