O‘zbekiston iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasiga 2026-yilning birinchi yarmida 338,9 trillion so‘m miqdorida sarmoya kiritildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,5 foizga ko‘pdir. Investitsiyalarning asosiy qismi sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurilishga yo‘naltirildi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, investorlar uchun asosiy yo‘nalish sanoat bo‘ldi — 100,5 trillion so‘m. Keyingi o‘rinlarda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi — 32,9 trillion so‘m hamda qurilish — 32,5 trillion so‘m.
Elektr energiyasi, gaz, bug‘ va konditsioner havo ishlab chiqarish va taqsimlashga 29,9 trillion so‘m yo‘naltirildi. Uy-joy qurilishiga 27,3 trillion so‘m, tog‘-kon sanoatiga esa 21,8 trillion so‘m sarmoya kiritildi.
Transport va saqlash sohasiga 16,3 trillion so‘m, ulgurji va chakana savdo hamda avtomobil va mototsikllarni ta’mirlashga 13,7 trillion so‘m ajratildi.
Suv ta’minoti, kanalizatsiya, chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlashni rivojlantirishga 7,4 trillion so‘m, ta’limga 7,2 trillion so‘m, axborot va aloqaga 5,8 trillion so‘m, yashash va ovqatlanish xizmatlariga 5,6 trillion so‘m sarmoya kiritildi.
Professional, ilmiy va texnik faoliyat hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarga 4,6 trillion so‘m, moliya va sug‘urta faoliyatiga 2,4 trillion so‘m, san’at, ko‘ngilochar va dam olishga 2 trillion so‘m yo‘naltirildi. Qolgan 24,4 trillion so‘m boshqa yo‘nalishlarga taqsimlandi.
Avvalroq O‘zbekiston venchur investitsiyalar o‘sish sur’atlari bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egallagan edi. Yil davomida startaplar tomonidan jalb qilingan moliyalashtirish hajmi 539,7 foizga oshgan, bu barcha mamlakatlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Source: podrobno.uz