O‘zbekistonda tadbirkorlarga tijorat banklari balansidagi 2,5 mingta ko‘chmas mulk obyektini imtiyozli shartlarda sotib olish imkoniyati yaratilmoqda. Bu aktivlarning umumiy qiymati 9 trillion so‘mni tashkil etadi.
Bu haqda 18 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, obyektlar chegirma bilan, dastlabki to‘lovsiz va foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati bilan sotiladi.
Bu tadbirkorlarga bank mulkini katta miqdordagi boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirmasdan sotib olish imkonini beradi. Sotib olingan obyektlar uchun tadbirkorlar bir yil muddatga yer va mulk solig‘idan ozod qilinadi.
Gap tijorat banklari balansidagi mulk haqida ketmoqda. Ushbu mulkni sotish orqali aktivlarni iqtisodiy aylanmaga jalb qilish va biznesga yangi loyihalarni boshlash yoki kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Ammo obyektlarning aniq ro‘yxati, chegirmalar berish shartlari va mulkni sotish muddatlari haqida ma’lumot berilmagan. Avvalroq O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun majburiy talablarning yagona reyestri yaratilishi haqida xabar berilgan edi.
Source: podrobno.uz