O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi farmoniga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlarga nisbatan moliyaviy sanktsiyalarni qo‘llashda “birinchi xato uchun ogohlantirish” tamoyili joriy etiladi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.
Farmonga muvofiq, birinchi marta qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan tadbirkorlarga jarima tayinlanmasdan, kamchiliklarni bartaraf etish uchun 10 kun muddat beriladi. Ushbu qoida, agar qoidabuzarlik fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga yoki birovning mulkiga zarar yetkazmagan hollardagina qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, tadbirkor faoliyatini bir yil ichida qayta tekshirish faqat Biznes-ombudsmanning ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. Istisno tariqasida, kameral soliq tekshiruvlari saqlanib qoladi.
Shuningdek, 2028-yil oxirigacha o‘rta va yirik biznes uchun ixtiyoriy audit bo‘yicha tajriba o‘tkaziladi. Jalb qilingan auditorlik tashkilotlarining xulosalari soliq organlari tomonidan tan olinadi. Tekshirilgan davr uchun soliq auditi o‘tkazilmaydi, aniqlangan kamchiliklar 30 kun ichida bartaraf etilsa, moliyaviy jarimalar qo‘llanilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda biznes uchun ayrim jarimalarni ikki baravar kamaytirish va tadbirkorlarning haqligi prezumpsiyasini joriy etish rejalashtirilgani haqida xabar berilgan edi.
Source: podrobno.uz