Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda 2-8 sentabr kunlari “Muzeylar haftaligi” o‘tkazilmoqda. Shu davr mobaynida fuqarolar Madaniy meros agentligi tizimidagi 114 ta davlat muzeyi, muzey-qo‘riqxonalar va uy-muzeylarga bepul tashrif buyurishlari mumkin.

Madaniy meros agentligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu aksiya fuqarolarga tarix, san’at va milliy meros bilan yaqindan tanishish, noyob eksponatlar va qadimiy yodgorliklar haqida yangi ma’lumotlar olish imkonini beradi. Agentlik barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqirdi.

“Muzeylar haftaligi” O‘zbekistonda 2014-yildan buyon har yili Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq o‘tkaziladi. Ushbu tadbir doirasida aholi uchun davlat muzey muassasalariga bepul kirish an’anaviy tarzda tashkil etiladi.

Source: podrobno.uz