Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zbekiston terma jamoasi AQShning Xantsvill shahrida bo'lib o'tayotgan shosse para velosporti bo'yicha jahon chempionatida ilk kunning o'zidayoq ikkita oltin medalni qo'lga kiritdi.

Birinchi kun musobaqalarida Pokiza Ahmadbekova va Marjona Pardaboyeva o'z klasslarida eng yuqori pog'onani egallashdi.

H1 klassida musobaqalashayotgan Pokiza Ahmadbekova masofani birinchi bo'lib yakunladi va O'zbekiston terma jamoasiga turnirdagi ilk oltin medalni keltirdi.

Shundan so'ng T1 klassida Marjona Pardaboyeva ham o'z poygasida eng yaxshi natijani ko'rsatib, marra chizig'ini birinchi bo'lib kesib o'tdi va yana bir oltin medalni qo'lga kiritdi.

Musobaqalar AQShning Alabama shtatidagi Xantsvill shahrida davom etmoqda. Jahon chempionati bir necha kun davom etadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekiston para velosporti terma jamoasi Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida ham ajoyib natija ko'rsatgandi.

Source: podrobno.uz