Toshkentda 7-sentabrdan boshlab issiqlik manbalarida rejali profilaktika ishlari boshlandi. Shu sababli Mirzo-Ulug‘bek, Shayxontohur va Yashnobod tumanlari aholisi vaqtincha issiq suvsiz qoladi.
Bu ishlarni “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi olib bormoqda. Kompaniya mutaxassislarining ta’kidlashicha, profilaktika ishlari tizimni qishki mavsumga tayyorlash va uning barqaror ishlashini ta’minlash uchun zarur.
O‘chirishlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi: Mirzo-Ulug‘bek tumanida 7-11-sentabr kunlari TTZ-2 massividagi “Uyg‘onish” mahallasidagi 12, 29, 30, 31, 32, 37, 38a, 38b, 44-uy hamda 512 va 80-sonli bolalar bog‘chalari issiq suvsiz qoladi.
Shayxontohur tumanida 7-9-sentabr kunlari “Samarqand darvoza” mahallasidagi Uchlo‘l ko‘chasi, 1-uy bo‘yicha issiq suv vaqtincha to‘xtatiladi.
Yashnobod tumanida esa 7-9-sentabr kunlari “Movarounnahr” mahallasidagi Nukus ko‘chasi – halqa yo‘li kesishmasidagi 2, 2/1, 2/2, 4, 4/1, 6, 6/1, 6/2 va 8-uy raqamli binolarda issiq suv bo‘lmaydi.
Poytaxt issiqlik ta’minoti operatori aholidan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘radi. Kompaniya ishlarni imkon qadar tezroq yakunlashga va’da bermoqda.
Source: podrobno.uz