Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Oliy sudi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyun oylarida respublika sudlari tomonidan 11 703 kishi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,3 foizga ko‘pdir. 2025-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 9570 kishini tashkil etgan edi.

Birinchi olti oyda qamoq jazosiga hukm qilinganlarning eng ko‘p soni Toshkent shahrida qayd etilgan — 2030 kishi. Undan keyin Farg‘ona viloyati (1462 kishi) va Toshkent viloyati (1452 kishi) turadi. Eng kam ko‘rsatkich Qoraqalpog‘istonda qayd etilgan — 317 kishi.

Mazkur davrda faqat Toshkent shahridan ikki kishiga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Hukm qilinganlardan 179 kishi qasddan odam o‘ldirish, 1376 kishi qasddan sog‘liqqa og‘ir va o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatlarini sodir etgan. Yana 1789 kishi bezorilik uchun, 5788 kishi giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun hukm qilingan.

Yarim yil ichida korrupsion jinoyatlar uchun 3605 kishi hukm qilingan. Ulardan 779 kishi ozodlikdan mahrum qilish, 614 kishi jarima, 1479 kishi axloq tuzatish ishlari, 711 kishi esa ozodlikni cheklash jazosiga tortilgan.

Source: uznews.uz