Institute for Economics & Peace (IEP) tomonidan e’lon qilingan Global Peace Index 2026 natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoning 163 davlati orasida 37-o‘rinni egallab, yuqori darajadagi tinchlikni namoyish etdi.
Mamlakatning umumiy ko‘rsatkichi 1,726 ballni tashkil etdi. O‘tgan yili O‘zbekiston ushbu reytingda 67-o‘rinda edi. Bu esa bir yil ichida sezilarli yaxshilanishni ko‘rsatadi.
Reytingda O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida xavfsizlik va barqarorlik bo‘yicha yetakchi deb tan olindi. Mintaqadagi boshqa davlatlar: Qozog‘iston 44-o‘rin, Tojikiston 47-o‘rin, Qirg‘iziston 61-o‘rin, Turkmaniston esa 66-o‘rinni egalladi.
Global Peace Index 2026 reytingida birinchi o‘rinlarni Islandiya, Yangi Zelandiya va Shveytsariya egalladi. Keyingi o‘rinlarda Sloveniya (4-o‘rin) va Irlandiya (5-o‘rin) joylashgan.
Reytingning so‘nggi pog‘onalarida Rossiya (163-o‘rin), Sudan (162-o‘rin) va Kongo Demokratik Respublikasi (161-o‘rin) turadi. Ulardan biroz yuqoriroqda Ukraina (160-o‘rin), Isroil (159-o‘rin), Janubiy Sudan (158-o‘rin) va Afg‘oniston (157-o‘rin) qayd etilgan.
Indeks mamlakatlardagi tinchlik va barqarorlik darajasini 23 ta ko‘rsatkich asosida hisoblaydi. Ular uchta asosiy yo‘nalishga birlashtirilgan: xavfsizlik va jamoat tartibi, davom etayotgan ichki va xalqaro mojarolar, tashqi mojarolarga jalb qilish darajasi hamda militarizatsiya darajasi.
Source: www.uznews.uz