Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasiga rasmiy tashrifini boshladi. Belgraddagi tantanali marosimda uni Serbiya Prezidenti Aleksandar Vuchich samimiy qarshi oldi.

Mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr O‘zbekiston va Serbiya davlat madhiyalarini ijro etdi, shuningdek, o‘n o‘qdan iborat artilleriya salyuti berildi.

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safini aylanib chiqib, rasmiy delegatsiyalar a’zolari bilan salomlashdilar. Shundan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Tashrifning asosiy tadbirlari bugun bo‘lib o‘tadi. Oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ikki mamlakat rasmiy va ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirlar yakunida ikki tomonlama hujjatlarning keng paketi imzolanishi kutilmoqda. Bu O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Source: uznews.uz